
2-bosqichi start olgan «Open budjet», 12 400 dan tushgan dollar, yangi modeldagi traktorlar ishlab chiqarilishi, Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi tafsilotlari — Kursiv Uzbekistan kunning muhim yangiliklarini bitta joyga jamladi.
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi

2025-yilgi «Tashabbusli budjet» dasturining ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni start oldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekistonda ayrim qushlarni ovlash mavsumi boshlandi

15-avgustdan O‘zbekistonda kaptar, churrak, bedana va balchiqchi kabi ayrim qush turlarini ovlashga ruxsat berildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Ov qilish va ov xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, har yili 1-martdan 15-avgustgacha ov qilish taqiqlanadi.
22-avgust kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

Tijorat banklari 22-avgust uchun xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng qulay narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
Sotib olish
Valyuta | Eng yuqori kurs (sotib olish) | Bank nomi |
---|---|---|
USD | 12 420 so‘m | «Asakabank» |
EUR | 14 500 so‘m | «Asia Alliance» |
RUB | 156 so‘m | «Infinbank» |
Sotish
Valyuta | Eng yuqori kurs (sotib olish) | Bank nomi |
---|---|---|
USD | 12 410 so‘m | «Infinbank» |
EUR | 14 350 so‘m | «NBU» |
RUB | 147 so‘m | «Hamkorbank» |
Vashingtonda O‘zbekiston mustaqilligi kuni e’lon qilindi

AQSh poytaxti Vashington meri Miriyel Bauzer 1-sentabr sanasini rasman O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi kuni deb e’lon qildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Davlat tashkilotlari 3 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qildi

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida 3241 ta bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qilingan va arizalar qabuli davom etmoqda. Bu haqda Boshqaruv samaradorligi agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yangi modeldagi traktorlar ishlab chiqarila boshlandi

Zoomlion brendining RS 1604 (160 ot kuchi) modeli bo‘yicha ilk traktorlar avgust oyidan ishlab chiqarila boshlandi. Mazkur texnika avvalroq mamlakatning barcha hududlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgandi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda qanday kutib olindi — foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammedov taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Turkmanistonga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Indeks bozorida yong‘in sodir bo‘lmadi — FVV

Rasmiy xabarga ko‘ra, 22-avgust kuni soat 13:29 da Toshkent shahar FVBga Yangihayot tumani Chortoq mahallasidagi Rayhon ko‘chasida joylashgan qog‘ozni qayta ishlash sexi hududida qog‘oz chiqindilari va quruq o‘t yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Dollar 12 400 so‘mdan tushdi

Bugun, 22-avgust kuni dollar kursi 56,70 so‘mga tushib, 12 357,09 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Toshkentdagi 19 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida vaqtincha o‘zgarishlar joriy etildi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi. Bunga sabab sifatida Shota Rustaveli ko‘chasining Grand Mir mehmonxonasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida qurilish ishlari olib borilayotgani keltirilgan.
O‘zbekiston yuk tashish tariflarini pasaytirishga va Kaspiy orqali yangi yo‘laklar ochishga tayyor — Shavkat Mirziyoyev

Bugun, 22-avgust kuni Turkmanistonning Avaza turizm hududida Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda savdo-iqtisodiy aloqalar, transport va energetika sohasida hamkorlik masalalari markazda bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 21-avgustda sodir bo‘lgan muhim voqealar haqida yozgandi.