Gadjetlar

7000 mA·soat batareyaga ega Poco M7 sotuvga chiqdi

Model 6,9 dyuymli FHD+ (2340x1080) IPS ekranga ega
Foto: 4pda

7000 mA·soat batareyaga ega Poco M7 sotuvga chiqdi. Bu haqda 4pda texnologiya nashri xabar bermoqda.

Model 6,9 dyuymli FHD+ (2340×1080) IPS ekranga ega. U 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llaydi. Wet Touch 2.0 texnologiyasi esa barmoqlar ho‘l bo‘lsa ham ekranni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini beradi.

Foto: 4pda

Qurilmada Snapdragon 685 protsessori, 8 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotira mavjud. Asosiy kamera 50 megapikselli bo‘lib, portret, tungi va turli filtrlarda suratga olish imkonini beradi.

Foto: 4pda

Old kamera 8 MP bo‘lib, sifatli rasm olishga imkon beradi. Shuningdek, qurilmada baland ovozli dinamiklar, NFC moduli va IP64 himoya standarti mavjud. Operatsion tizim Android 15 bo‘lib, ilovalarning so‘nggi versiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

Foto: 4pda

Ma’lumot o‘rnida, POCO kompaniyasi 2018-yilda Xiaomi brendi tarkibida tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida arzon, ammo kuchli smartfonlari bilan mashhur bo‘ldi. Brendning asosiy maqsadi yuqori unumdorlikni o‘rtacha narxda taqdim etishdir.

POCO smartfonlari odatda zamonaviy protsessor, katta xotira va yuqori chastotali ekranlari bilan ajralib turadi. 2020-yildan boshlab POCO mustaqil brend sifatida faoliyat yurita boshladi va tezda o‘z auditoriyasini topdi. Bugun u Osiyo va Yevropa bozorlarida keng tarqalib, arzon flagmanlar segmentida eng raqobatbardosh kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.