
Rossiyaning yirik aviakompaniyasi «Aeroflot» 14-sentabrdan boshlab Moskva va Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonning bir necha shaharlariga muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «Ria Novosti» ma’lum qildi.
Yo‘nalish | Boshlanish sanasi | Haftasiga necha marta | Kunlari |
---|---|---|---|
Moskva – Buxoro | 14-sentabr 2025 | 4 marta | Moskva → seshanba, payshanba, juma, shanba; Buxoro → chorshanba, juma, shanba, yakshanba |
Moskva – Urganch | 15-sentabr 2025 | 3 marta | Dushanba, payshanba, shanba |
Sankt-Peterburg – Samarqand | 16-sentabr 2025 | 2 marta | Chorshanba, juma |
Sankt-Peterburg – Toshkent | 17-sentabr 2025 | 2 marta | Payshanba, shanba |
Moskva – Samarqand | 13-sentabr 2025 | 5 marta | Avval: 3 marta; qo‘shimcha reyslar → seshanba, shanba; qaytish → chorshanba, yakshanba |
Bundan tashqari, 13-sentyabrdan boshlab Moskva – Samarqand reyslari haftasiga 3 martadan 5 martaga oshiriladi. Yangi parvozlar seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi, qaytish esa chorshanba va yakshanba kunlariga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.