Avto

BYD Qozog‘istonda yangi BYD Sealion 7 krossoverini taqdim etdi

BYD
Avtomobil ikki versiyada taqdim etilgan
BYD Sealion 7
BYD Qozog‘istonda yangi BYD Sealion 7 krossoverini taqdim etdi / Foto: BYD

Xitoyning BYD kompaniyasi Qozog‘istonda yangi BYD Sealion 7 modelini taqdim etdi. Bu haqda Kursiv Media xabar bermoqda.

Rasmiy diler ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil ikki versiyada, 567 km gacha zaxira yurish masofasi bilan taklif qilinadi. Narxlar 20,4 mln tengedan ($37 ming) boshlanadi.

Yangi model avgust oxiridan savdoga chiqariladi. Sealion 7 zamonaviy dizayn va premium darajadagi imkoniyatlarga ega bo‘lib, oq, ko‘k, kulrang va qora ranglarda sotuvga chiqadi.

Foto: BYD

Distribyutor ma’lumotiga ko‘ra, krossover dinamik haydash, amaliylik va texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan xaridorlarga mo‘ljallangan. BYD Sealion 7’ni elektr transport vositalari segmentida premium mahsulot sifatida ko‘rmoqda.

Hozirda Qozog‘iston bozorida kompaniya Song Plus, Han va Yuan up modellarini taklif qilmoqda. Sealion 7 esa brendning ekologik toza transportdagi mavqeini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Leopard 5 avtomobili Xitoyda 300 ming dona sotilgani haqida yozgan edi.