Davlat tashkilotlari 3 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qildi
eʼlon qilindi
2025-yil 21-avgust holatiga ko‘ra

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida 3241 ta bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qilingan va arizalar qabuli davom etmoqda. Bu haqda Boshqaruv samaradorligi agentligi ma’lum qildi.
Shundan 2108 ta lavozimga hujjat topshirish uchun ish staji talab qilinmaydi. Nomzodlar barcha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, onlayn tarzda hujjat topshirishlari mumkin.
Ish staji talab qilinmaydigan ish o‘rinlari ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi ochilgani haqida xabar bergan edik.