
Apple kompaniyasining iPhone 16e smartfoni xaridorlar orasida juda mashhurlikka erishdi. «Palach» nashrining yozishicha, bunga sabab uning tez eskirmasligi bo‘lishi mumkin.
iPhone 16e’da 60 Hz ekran, bitta kamera bo‘lib, MagSafe singari mashhur funksiya yo‘q. Shunga qaramay, u bozorda muvaffaqiyatli sotilmoqda. Smartfon ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan ijobiy baholangan.

Apple 2026-yil boshida iPhone 17e modelini chiqarishi kutilmoqda. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangilanish faqat Dynamic Island funksiyasi bilan cheklanadi. Ekran esa yana 6,1 dyuymli OLED, 60 Hz chastotali bo‘lib qoladi, chip esa A19, kamera esa 48 megapikselli bitta moduldan iborat bo‘ladi.
Mutaxassislar fikricha, iPhone 16e shu qadar muvaffaqiyatli model bo‘lganki, uni yangilashning hojati yo‘q. Xuddi MacBook Air M2 va Apple Watch Ultra 2 kabi u keyingi versiyalaridan katta farq qilmaydi.
Shuning uchun iPhone 16e’ni bemalol sotib olish mumkin. Bu seriya smartfonlari yangiliklarni deyarli olmasa-da, baribir yaxshi ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.