Sport

Konferensiyalar Ligasi. Fayzullayev debyut qilgan o‘yinda «Bashakshehir» mag‘lub bo‘ldi

Fayzullayev 77-daqiqada oʻyinga qoʻshilib, turk klubi safida debyutini amalga oshirdi
Foto: IHA

Yevropa Konferensiyalar Ligasi 4-saralash bosqichidan oʻrin olgan bahsda «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Universitatya Krayova» jamoasini qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Birinchi boʻlimda hisobni ruminlar 45+2-daqiqada Chikildu goli orqali ochishdi. 61-daqiqada Mora hisobni yana bittaga oshirdi. Turk klubi safida maydonga ikkinchi boʻlimda tushgan Ebosele 87-daqiqada hisobni qisqartirdi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq 90 daqiqa harakat qildi. Abbosbek Fayzullayev esa 77-daqiqada oʻyinga qoʻshilib, turk klubi safida debyutini amalga oshirdi.

Sofascore maʼlumotlariga koʻra, Shomurodov ushbu bahsda 6,3, Fayzullayev esa debyut bahsi uchun 6,7 bahoga loyiq koʻrildi.

Maʼlumot uchun, javob oʻyini 28-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Istanbul Bashakshehir» safarda Norvegiyaning «Viking» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida irodali gʻalabaga erishgani haqida xabar bergan edi.