Namanganda «Islom davlati» terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan guruh qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Islom davlati» terrorchilik tashkiloti g‘oyalari ta’siriga tushgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, operativ tadbirlar davomida Namangan viloyatida 21 kishidan iborat guruh ushlangan. Guruh rahbari ijtimoiy tarmoqlarda ushbu terrorchilik tashkiloti g‘oyalari aks etgan materiallar joylashtirilgan kanallar ochgan.
Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyatida yashovchi, mavsumiy ishlash uchun Janubiy Koreyaga ketgan bir yigit bilan tanishgan. Bundan tashqari, ular ota-onasining roziligisiz shar’iy nikohdan o‘tgan. Keyinchalik ular jangovar hududlarda jang qilayotgan jangarilarga qo‘shilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, ular yaqinlari va tanishlarini ham ekstremistik g‘oyalarni ilgari surish orqali o‘z safiga jalb qilishga harakat qilgan.
Qo‘lga olish jarayonida diniy adabiyotlar hamda boshqa dalillar musodara qilindi. Guruhning to‘rt nafar rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, ulardan ikkitasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qolganlarga nisbatan esa tergov harakatlari davom etmoqda.
Bundan avval Rossiya va O‘zbekistonda terrorchilik guruhining to‘qqiz a’zosi qo‘lga olingandi.