Nukus va Shahrisabz ko‘chalari orasida tungi gastroko‘cha quriladi

Mirobod ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan gastronomik hududga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Yangi fud-lokatsiya Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha cho‘ziladi.
Mirobod hokimligining Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, Taras Shevchenko ko‘chasidagi gastronomik hududni obodonlashtirishning uchinchi bosqichi bo‘yicha takliflar allaqachon tegishli idoralarga yuborilgan.
Hozirda Shevchenko ko‘chasida axborot markazi va jamoat hojatxonasi qurilmoqda.
Taras Shevchenko ko‘chasi 2024-yil oktabr oyi oxirida gastronomik hududga aylantirilgandi. Rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi taxminan besh oy davom etgan.
Bundan avval Taras Shevchenko ko‘chasida 2,2 ming kvadrat metr yo‘lak ta’mirlanib, 2,7 ming kvadrat metr maydonga tosh yotqizilgandi. Bundan tashqari, 650 kvadrat metr maydon asfalt qilingan.