Yangiliklar

O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellyatsiya jarayoni boshlandi

24-avgustga qadar
O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi / Foto: Facebook / Sun’iy intellekt

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovidan norozi bo‘lgan talabgorlar endi apellyatsiya arizalarini topshirishlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Arizalar 24-avgustga qadar faqat onlayn tarzda my.uzbmb.uz sayti orqali, talabgorga tegishli shaxsiy kabinetda qabul qilinadi.

Shikoyat berish huquqi faqat testda ishtirok etgan va undan chetlatilmagan abituriyentlarga beriladi. Ariza topshirilgach, ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma taqdim etiladi.

Belgilangan vaqtda talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan ko‘rsatilgan manzilga kelishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq abituriyentlar 28-avgustgacha tibbiyot texnikumlarini tanlashi mumkinligi haqida yozgan edik.