O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilari mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
Qabul qilingan qarorlar vazirlar tomonidan maxsus «Yo‘l xaritasi» asosida amalga oshiriladi
O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilari mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zaro muzokaralar yakunida bayonot berdilar. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda uch mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida strategik sheriklikni rivojlantirish borasida qat’iy siyosiy iroda namoyon etilgani ta’kidlandi.

Foto: President.uz

Muzokaralarda tranzit yo‘laklarini kengaytirish, Turkmanboshi va Boku portlaridan samarali foydalanish, zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish hamda milliy transport tizimlarini integratsiya qilish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, Kaspiy dengizi orqali parom tashuvlarini rivojlantirish, energetika sohasida hamkorlik qilish, savdo hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, turizm va madaniy almashinuv sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga ham kelishib oldilar. Qabul qilingan qarorlar vazirlar tomonidan maxsus «Yo‘l xaritasi» asosida amalga oshiriladi.

Foto: President.uz

Mirziyoyevning ta’kidlashicha, ushbu tarixiy uchrashuv barqaror savdo, transport va energetika yo‘laklarini shakllantirish hamda mintaqaviy integratsiyani jadallashtirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yuk tashish tariflarini pasaytirishga va Kaspiy orqali yangi yo‘laklar ochishga tayyorligi haqida yozgan edik.

Shuningdek