O‘zbekistonda yetti oyda 83 mingdan ortiq Chevrolet Cobalt ishlab chiqarildi

22-avgust 2025 17:36 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Foto: «Avtostrada»

2025-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 212 156 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan (maxsus yengil avtomobillardan tashqari). Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ishlab chiqarilish hajmi bo‘yicha Cobalt yetakchilik qilmoqda. Joriy yilning yetti oyi davomida ushbu avtomobil 83 mingdan ortiq donada ishlab chiqarilgan. Undan keyingi o‘rinda Damas turibdi — 51,6 ming dona. Tracker 26,4 ming, Onix esa 18,7 ming dona ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, xorijiy brendlar orasida KIA 14,4 ming dona, Chery 4,8 ming dona, Haval 4,4 ming dona ishlab chiqargan. BYD esa 8,6 ming dona avtomobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, qariyb 29 ming dona maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Bundan avval Kursiv uzbekistan UzAuto Motors taqdim etayotgan yangi model Tahoe 2 bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.

Kursiv Uzbekistan Chevrolet.uz saytidagi sahifani kod holatiga aylantirganida tizer rasmi Tahoe2 nomi bilan yuklanganini ham aniqladi.

Shuningdek