Yangiliklar

O‘zbekistonda ayrim qushlarni ovlash mavsumi boshlandi

Faqat kaptar, churrak, bedana va balchiqchi kabi ayrim qush turlarini
O‘zbekistonda ayrim qushlarni ovlash mavsumi boshlandi / Foto: Hunting

15-avgustdan O‘zbekistonda kaptar, churrak, bedana va balchiqchi kabi ayrim qush turlarini ovlashga ruxsat berildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Ov qilish va ov xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, har yili 1-martdan 15-avgustgacha ov qilish taqiqlanadi.

Ekologiya vazirligi ovchilarni belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqirdi. Ov faqat ruxsatnoma va yo‘llanma asosida amalga oshirilishi, belgilangan miqdordan ortiqcha ov qilish hamda taqiqlangan hududlarda ovga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.

Mutasaddilar tabiatni asrash, chiqindilarni tashlamaslik va xavfsizlik choralariga rioya qilish har bir ovchining mas’uliyati ekanini eslatmoqda. Qonunbuzarlik esa qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq baliq ovlashga ham vaqtinchalik taqiq joriy etilgan edi.