O‘zbekistonda yangi modeldagi traktorlar ishlab chiqarila boshlandi

eʼlon qilindi
Zoomlion brendi modellari
traktor
Foto: «O‘zA»

O‘zbekistonda mahalliylashtirish dasturi doirasida yangi avlod traktorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Zoomlion brendining RS 1604 (160 ot kuchi) modeli bo‘yicha ilk traktorlar avgust oyidan ishlab chiqarila boshlandi. Mazkur texnika avvalroq mamlakatning barcha hududlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgandi.

Yil oxirigacha yana ikki model Zoomlion RC 804 (80 ot kuchi) hamda Zoomlion RG 2004 (200 ot kuchi) ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Zavod imkoniyatiga ko‘ra, yiliga 1000 donagacha traktor ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Pokiston traktor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Shuningdek