Qishloq xo‘jaligida dron xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi

eʼlon qilindi
Balandligi 30 metrgacha uchadigan dronlardan foydalanish tartibi
Dron
Foto: 87Stock / depositphotos.com

Qishloq xo‘jaligi sohasida robototexnika, dron va boshqa zamonaviy qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.

Endilikda tadbirkor va tashkilotlar dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza topshirishi, shartnoma tuzishi va to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Hujjatga ko‘ra, balandligi 30 metrgacha uchadigan dronlardan foydalanish vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda, ularga berilgan yillik ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Agroportal orqali shu yilning 1-dekabridan ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomalarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, platformada kelasi yilning 1-martidan qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasini o‘zgartirish bo‘yicha arizalarni onlayn topshirish, ularning ko‘rib chiqilishini kuzatish va natijalarni olish yo‘lga qo‘yiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek