
Endilikda qishloq xo‘jaligi sohasidagi 30 dan ortiq axborot tizimlari yagona platformaga birlashtiriladi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 4 million gektardan ortiq maydonda ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish belgilandi. Ikkinchidan, sohada joriy etilgan 30 dan ortiq axborot tizimlarini yagona platformaga birlashtirish orqali foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlar ishonchliligini ta’minlash kutilmoqda.
Shuningdek, 2026-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligidagi tashkilotlar o‘z yer maydonlariga ekilishi rejalashtirilgan ekinlar haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsion platformasiga — Agroportalga joylab boradi.
Agroportal esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning «yagona nuqtasi» bo‘lib xizmat qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yashirin iqtisodiyot yuqori sohalarda raqamli texnologiyalar joriy etilishi haqida yozgandi.