
Realme kompaniyasi 27-avgust kuni 10 000 mA·soatdan katta akkumulyatorli smartfonni taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi.
«Smartfon bozorida endi megapiksellar emas, balki akkumulyator hajmi bo‘yicha raqobat kuchaymoqda. Kompaniyalar birin-ketin katta quvvatli batareyaga ega modellarning premyerasini e’lon qilmoqda. Bu jarayonda faol ishtirok etayotgan brendlardan biri», — deya qayd etgan Realme.

May oyida kompaniya 10 000 mA·soat sig‘imli batareyaga ega, ammo atigi 8,5 mm qalinlikdagi modelni tanishtirgandi. Endi esa Realme o‘z rekordini yangilashga hozirlanmoqda — yangi smartfon batareyasi 10 000 mA·soatdan ham katta bo‘lishi kutilmoqda.
Aniq texnik ma’lumotlar hozircha berilmagan. Biroq kompaniya qoldirgan savol belgisi ikkki raqamiga o‘xshab ketadi, bu esa batareya 12 000 mA·soat bo‘lishi mumkinligini anglatmoqda. Rasmiy tafsilotlar 27-avgust kuni taqdimotda ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme GT 7 Dream Edition smartfonining xususiyatlari haqida yozgan edi.