Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda qanday kutib olindi — foto
eʼlon qilindi
Nokerguli Ataguliev va boshqa rasmiylar kutib oldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammedov taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Turkmanistonga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.



Davlat rahbarini Turkmanboshi shahri aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» uch tomonlama uchrashuvida qatnashadi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston prezidenti Turkmanistonga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketgani haqida yozgan edi.