Slovakiyada ming yevrogacha maosh bilan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
22 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun
Slovakiyada ming yevrogacha maosh bilan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda / Foto: Slovakia

Slovakiyada ishlab chiqarish korxonalarida yuqori maoshli ish o‘rinlari taqdim etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Xususiy bandlik agentligi Dhaef Global Recruitment orqali ZF Slovakia va Garrett Advancing Motion korxonalarida ishlash imkoniyati mavjud. Ishchilarga 1 yillik mehnat shartnomasi asosida kuniga 8 soatlik ish vaqti belgilangan bo‘lib, oylik maosh 800 dan 1000 yevrogacha to‘lanadi. Korxona tomonidan yotoqxona va ovqatlanish bepul taqdim etiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha: 22 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lgan erkaklar qabul qilinadi, ular o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari, ishlab chiqarish yoki metallni qayta ishlash korxonalarida kamida bir yillik tajribaga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, rus tilini kamida B1 darajasida bilish ham talab qilinadi.

Agentlik nomzodlarga bepul xizmat ko‘rsatadi, jumladan maslahat berish, hujjatlarni tayyorlash, ish beruvchi bilan rasmiy mehnat shartnomasi tuzishda ko‘maklashish va safarni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin: telefon raqamlari +998 77-275-05-50 va +998 77-270-05-50 (Vaxobov Anvar), elektron pochta manzili dhaefglobal@gmail.com. Agentlik Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minova ko‘chasi 4a-uyda joylashgan. Shuningdek, rasmiy veb-sayt www.dhaef.com orqali ham ma’lumot olish mumkin.

Ma’lumot uchun, mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. «Dhaef Global Recruitment» kompaniyasi ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi, ishga joylashish esa mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat tashkilotlari 3 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Shuningdek