
Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida vaqtincha o‘zgarishlar joriy etildi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bunga sabab sifatida Shota Rustaveli ko‘chasining Grand Mir mehmonxonasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida qurilish ishlari olib borilayotgani keltirilgan.

Yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar:
- 12, 45 – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Qushbegi, Muqimiy, Bobur ko‘chalari orqali bir tomonlama aylanma yo‘nalishda;
- 18 – Muqimiy, Arnasoy, Cho‘pon ota ko‘chalari orqali;
- 33 – Cho‘pon ota, S.Sirojiddinov, Shoxjaxon, Bobur ko‘chalari orqali;
- 126 – Sh. Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i Bo‘ston, At-Termiziy, O‘rikzor, Bobur ko‘chalari orqali;
- 69, 114 – Kichik halqa yo‘li orqali (Bog‘i Bo‘ston va Cho‘pon ota ko‘chalari orqali harakatlanmaydi);
- 38, 40, 57, 58 – Kichik halqa Janubiy vokzal bekatidan Kichik halqa yo‘liga chiqib harakatlanadi;
- 67 – ikki tomonlama harakati Shahrisabz, Oybek, Nukus, Bobur ko‘chalari orqali;
- 81, 98 – Yusuf Xos Hojib, Bobur ko‘chalari orqali;
- 2, 80, 94, 127 – Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Sh. Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismi orqali;
- 135 – harakati qisqartirilib, Muqimiy ko‘chasidagi Muqimiy ko‘chasi bekatida tugatiladi.
Boshqarma rekonstruksiya ishlari vaqtida tirbandliklar yuzaga kelishi, avtobuslarning harakat vaqti va oraliq vaqti odatdagidan uzoqroq bo‘lishi ehtimoli borligini ham qo‘shimcha qildi.
Bundan avval Kichik halqa yo‘lining Qatortol ko‘chasidan Bunyodkor shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida kommunal quvurlar ta’mirlanayotgani sababli 18-avgustdan bir qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirilgandi.