
AQSh poytaxti Vashington meri Miriyel Bauzer 1-sentabr sanasini rasman O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi kuni deb e’lon qildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Mazkur qaror nafaqat O‘zbekiston mustaqilligiga hurmat ifodasi, balki O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning ramzi sifatida ham baholanmoqda.
Deklaratsiyada O‘zbekistonning mustaqillik yo‘lidagi yutuqlari ta’kidlanib, AQSh bu jarayonda mamlakatimizni birinchilardan bo‘lib tan olgani eslatib o‘tildi. Vashington meriyasi shuningdek, O‘zbekiston elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va madaniy aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi haqida yozgan edik.