Yangilangan Chevrolet Tracker avtomobili noodatiy po‘lat g‘ildiraklar bilan taqdim etiladi

22-avgust 2025 11:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker avtomobili
Yangilangan Chevrolet Tracker avtomobili noodatiy po‘lat g‘ildiraklar bilan taqdim etiladi / Foto: GMAutority

Yangilangan Chevrolet Tracker avtomobili 17 dyuymli po‘lat g‘ildiraklar bilan taqdim etiladi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Yangilanishlar orasida ikkita yangi tashqi rang va g‘ildiraklarning turlicha variantlari mavjud. 2026-yilda Chevrolet Tracker uchun jami olti xil g‘ildirak dizayni taklif etiladi. Boshlang‘ich LS komplektatsiyasi 17 dyuymli po‘lat g‘ildiraklar bilan taqdim etiladi.

LS Convenience Package bilan 17 dyuymli kumush rangli alyuminiy disklarni olish mumkin. 1RS komplektatsiyasida 18 dyuymli qora rangda ishlangan alyuminiy g‘ildiraklar o‘rnatilgan. LT varianti 17 dyuymli kulrang alyuminiy g‘ildiraklarga ega.

Foto: GMAutority

Sport uslubidagi 2RS komplektatsiyasi eng katta g‘ildiraklarni 19 dyuymli qora alyuminiy disklarni oladi. Off-road uslubidagi Activ varianti esa 18 dyuymli maxsus qora alyuminiy g‘ildiraklar bilan jihozlanadi.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

Barcha 2026-yilgi Chevrolet Tracker modellari 1,2 litrli turbomotor bilan ishlab chiqariladi. Ushbu uch silindrli benzinli dvigatel 137 ot kuchi va 162 Nm momentga ega bo‘lib, E85 yoqilg‘isiga ham mos keladi. Model GM’ning Janubiy Koreyadagi Changwon zavodida yig‘ilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker avtomobili haqida beshta faktni e’lon qilgan edi.

Shuningdek