Yangilangan Haval H9 avtomobili qanday xususiyatlarga ega

22-avgust 2025 15:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Haval H9 avtomobili
Haval H9 avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: CarNewsChina

Great Wall Motor kompaniyasining Haval brendi yangi ikkinchi avlod Haval H9 avtomobilining yangilangan versiyasini namoyish etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Rasmiy taqdimot Xitoyning Chengdu shahrida 29-avgust kuni bo‘ladigan avtosalonda o‘tkaziladi. Ikkinchi avlod Haval H9 hozirgi bozorda 2023-yil sentabridan boshlab sotuvda. Benzinli versiya 199 900 yuan ($28,4 ming)dan boshlanadi, dizel versiyasi esa 2023-yil dekabrida chiqarilgan bo‘lib, narxi 233 900 yuandan ($32,2 ming) boshlanadi.

Foto: CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

Uning o‘lchamlari: uzunligi 5070(4950) mm, kengligi 1960(1976) mm, balandligi 1930 mm. G‘ildirak bazasi esa 2850 mm. Model 800 mm chuqurlikkacha suvdan o‘ta oladi, oldingi burchak 31°, orqa burchak esa 25–26° ga teng. Tirkash quvvati 2,5 tonnagacha.

Hozircha yangi avlodning texnik ko‘rsatkichlari ochiqlanmagan. Amaldagi benzinli versiya 2.0T dvigatel (221 ot kuchi, 385 Nm moment, 8AT uzatmalar qutisi), dizel versiyasi esa 2.4T dvigatel (184 ot kuchi, 490 Nm moment, 9AT) bilan ta’minlangan.

Foto: CarNewsChina

Salon burgund rangli uslubda bezatilgan. Ichki makonda to‘rt qirrali rul, 10,25 dyuymli asboblar paneli, 14,6 dyuymli markaziy ekran, to‘rtburchak shamollatish panellari va ko‘plab jismoniy boshqaruv tugmalari joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Haval Raptor PHEV 2026 qachondan savdoga chiqishi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek