Lifestyle

Berdimuhammedov Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq tuhfa qildi

Marosim Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tdi
Berdimuhammedov Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq tuhfa qildi / Foto: President.uz

Turkmaniston xalq maslahati rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tuya va tuyachani sovg‘a qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Президенту Азербайджана Ильхаму Алиеву преподнесен в дар ахалтекинский скакун

Prezident matbuot xizmati qayd etishicha, ushbu hayvonlar baraka va farovonlik ramzi hisoblanadi.

Foto: President.uz

Sovg‘a topshirish marosimi Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev ham ishtirok etdi. Berdimuhammedov unga «Taus» laqabli axaltekin zotli otni tuhfa qildi. Turkman siyosatchisining ta’kidlashicha, ot nomi «Yashasin Turkmaniston, Ozarbayjon, O‘zbekiston» degan ma’noni anglatadi.

Foto: President.uz

Shuningdek, uch davlat rahbarlari turkman otchilik sport guruhi — «Galkinish» chiqishini tomosha qildilar.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yuk tashish tariflarini pasaytirishga va Kaspiy orqali yangi yo‘laklar ochishga tayyorligi haqida yozgan edik.