Buyuk Britaniya texnologiyalari O‘zbekiston energetika sohasiga tatbiq etiladi

Londonda O‘zbekiston elchixonasida «Cavitas Energy» kompaniyasi rahbari Grem Makney bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Muloqotda O‘zbekistonda neft-gaz sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda energetika tarmog‘iga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
«Cavitas Energy» texnologiyalari yordamida iqtisodiy jihatdan samarasiz deb hisoblangan neft konlarini rentabel aktivlarga aylantirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Grem Makney kompaniya O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikka tayyorligini bildirib, ilg‘or yechimlarni mamlakat energetika sohasi rivojiga yo‘naltirishga katta qiziqish mavjudligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qatar farmatsevtika sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.