
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan barcha davlat teatrlari 1-sentabr kuni «Ochiq eshiklar kuni»ni o‘tkazadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu tadbir doirasida poytaxt va viloyatlardagi teatrlarda turli spektakl va konsert dasturlari tomoshabinlarga bepul namoyish etiladi.
| Teatr nomi | Spektakl nomi | Sana | Vaqt |
|---|---|---|---|
| Oʻzbek Milliy akademik drama teatri | «Shaddod ona» | 01.09.2025 | 17:00 |
| Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri | «Tumor» raqs ansambli konserti | 01.09.2025 | 18:00 |
| Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri | «Usmon Nosir» | 01.09.2025 | 18:00 |
| Oʻzbekiston davlat drama teatri | «Bir kuni Nasriddin» | 02.09.2025 | 17:00 |
| Oʻzbekiston davlat satira teatri | «Besh xotinning Afandisi» | 01.09.2025 | 16:00 |
| Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri | «Legar kuylaganda!» (rus tilida) | 31.08.2025 | 18:30 |
| Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri | «Zumrad va Qimmat» | 01.09.2025 | 12:00 |
| O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri | «Karvonsaroy» | 01.09.2025 | 12:00 |
| Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri | «Bir qadam yoʻl» | 01.09.2025 | 18:00 |
| Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri | «Sohibjamol va maxluq» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri | «Sehrli uzuk» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Andijon viloyati musiqali drama teatri | «Mirzo Ulug‘bek» | 01.09.2025 | 10:00 |
| Andijon viloyat Yoshlar teatri | «Kunduzsiz kechalar» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «99 tilla tanga» | 01.09.2025 | 10:00 |
| Buxoro viloyati musiqali drama teatri | «Buxoroga sayohat» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Farhodning jasorati» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Jizzax viloyati musiqali drama teatri | «Bahodir» | 01.09.2025 | 17:00 |
| Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Botir bola» | 01.09.2025 | 10:00 |
| Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Allomaning yoshligi» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Namangan viloyati musiqali drama teatri | «Bu chollar ajib chollar» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Gul va Bulbul» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Samarqand viloyati musiqali drama teatri | «Behbudiy» | 01.09.2025 | 18:00 |
| Samarqand viloyati rus drama teatri | «Qaysar malika» (rus tilida) | 01.09.2025 | 11:00 |
| Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Ali Qushchi» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri | «Davr o‘g‘loni» | 01.09.2025 | 14:30 |
| Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri | «Insonlikka nomzod» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri | «Andishali kelinchak» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Shiroq» | 01.09.2025 | 10:00 |
| Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri | «Shum bola» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Farg‘ona viloyat rus drama teatri | «Nasriddinning besh xotini» (rus tilida) | 01.09.2025 | 13:00 |
| Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Sehrli tush» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri | «Ikki qalb nolasi» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Qoʻqon shahar musiqali drama teatri | «To‘da» | 01.09.2025 | 14:00 |
| Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri | «Uyg‘on bolam» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Temurbekning bolaligi» | 01.09.2025 | 11:00 |
| Xorazm viloyati musiqali drama teatri | «Sulton Jaloliddin» | 01.09.2025 | 16:00 |
| Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri | «Jaloliddin Manguberdi» | 01.09.2025 | 11:00 |
Teatr ixlosmandlari taklifnomalarni tegishli teatr kassalaridan olishlari mumkin. Taklifnomalar soni cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olinishi haqida yozgan edik.