Yangiliklar

O‘zbekiston EURAMETga qo‘shildi

Markaziy Osiyodagi yagona hamkor tashkilot sifatida
O‘zbekiston EURAMETga a’zo bo‘ldi / Foto: X.com

Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan EURAMET (Yevropa Milliy metrologiya institutlari uyushmasi)ning 19-Bosh Assambleyasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Markaziy Osiyodagi yagona hamkor tashkilot sifatida qabul qilindi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Yangi maqom O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshiradi, Yevropa metrologiya tizimiga kirish imkonini yaratadi hamda mahalliy etalonlarni Yevropa standartlari bilan taqqoslashga yo‘l ochadi. Shuningdek, ilmiy hamkorlik, kadrlar malakasini oshirish va sanoat mahsulotlari sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston fotometriya va radiometriya yo‘nalishidagi loyihalarda faol qatnashmoqda. Bu esa mamlakatimizning metrologiya sohasidagi global integratsiyaga qadam tashlayotganidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston qazilmalari global yetkazib berish zanjiriga qo‘shilishi haqida yozgan edik.