Yangiliklar

Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida
Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi / Foto: Jizzax viloyati hokimligi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov hamda Paxtakor tumanlarida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga Ashurov Asilbek Raxmonovich nomzodi kiritilib, deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. U 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Paxtakor tumani hokimligiga esa Abduvoxidov Xusan Bo‘ltakovich tayinlandi. U yangi lavozimgacha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) loyihasida moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.