Toshkent – Kopengagen yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Shu yil oktyabrdan boshlab
Toshkent – Kopengagen yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Yestour

O‘zbekistonning Stokgolmdagi elchixonasi diplomatlari Daniya Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori Karen Abraxamsen hamda vazirlikning boshqa mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim, turizm, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar so‘nggi yillarda savdo aylanmasining o‘sib borayotganini qayd etib, bu jarayonni muntazam muloqot mexanizmlari orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, shu yil oktyabrdan boshlab «Centrum Air» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Kopengagen yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama aloqalarni, jumladan turizm va iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qatar farmatsevtika sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek