Yangiliklar

Turkiyalik tadbirkor Toshkentda yangi klinika ochish uchun $1,2 million investitsiya kiritadi

Klinika estetik va plastik jarrohlikka ixtisoslashadi
Turkiyalik tadbirkor Toshkentda yangi klinika ochish uchun $1,2million investitsiya kiritadi / Foto: Wikipedia

Turkiyalik tadbirkor Xamid Aydin Toshkentdagi «Tashkent City» majmuasida go‘zallik va plastik jarrohlik klinikasi uchun $1,2 mln sarmoya kiritmoqda. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi klinikani yil yakunida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Aydinning aytishicha, u 2020-yildan buyon O‘zbekistonda klinikalar tarmog‘ini kengaytirib kelmoqda. Hozirda Toshkent, Samarqand va Urganchda faoliyat yuritayotgan «EKU» klinikalarida 12 nafar turkiyalik va 70 nafar o‘zbekistonlik shifokor ishlamoqda. Shu kungacha u sog‘liqni saqlash sohasiga $3,75 mln investitsiya kiritgan.