Yangiliklar

Xitoy kosmik stansiyasida sun’iy intellekt yordamchisi ishga tushirildi

Ukun nomli sun’iy intellekt chat-bot
Xitoy kosmik stansiyasida sun’iy intellekt yordamchisi ishga tushirildi / Foto: ChMSEO

Xitoyning «Tyan’gun» kosmik stansiyasida Ukun nomli sun’iy intellekt chat-boti ish boshladi. Bu haqda China Daily ma’lum qildi.

U o‘zining yirik til modeli asosida yaratilgan bo‘lib, 15-iyul kuni «Tyan’chjou-9» yuk kemasi orqali stansiyaga yetkazilgan.

Ukun ekipajga murakkab operatsiyalarni rejalashtirish, ko‘rsatmalar berish va real vaqt rejimida ma’lumot taqdim etishda yordam bermoqda. Uchinchi marta ochiq kosmosga chiqish jarayonida kosmonavtlar Ukundan foydalanib, aniq tavsiyalar olishgan va tizimning qulayligi hamda to‘liqligini yuqori baholashgan.

Mutaxassislar fikricha, bu tajriba Xitoy kosmik dasturlarida SI’ni kengroq qo‘llash, missiyalar xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro kosmik stansiyada besh oy qolgan astronavtlar Yerga qaytarilgani haqida yozgan edik.