Avto

5 ming dollarlik Chery elektromobili taqdim etildi

Chery QQ Ice Cream 205 Sundae Edition
5 ming dollarlik Chery
5 ming dollarlik Chery elektromobili taqdim etildi / Foto: Autohome

Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi 5 ming dollarlik Chery elektromobilini namoyish qildi. Chery QQ Ice Cream 205 Sundae Edition narxi avvalgidek qoldi – 36,9 ming yuan (taxminan $5145 yoki 470 ming rubl), ammo imkoniyatlari oshirilgan.

Texnik xususiyatlari

Mini-automobilning gabaritlari 3008 x 1496 x 1637 mm, g‘ildirak bazasi esa 1960 mm. Kichik o‘lchamlarga qaramay, avtomobil ikki rangli kuzovga ega va saloni zamonaviy multimedia tizimi bilan jihozlangan. Android asosida ishlovchi 9 dyuymli sensorli ekran (1080 x 720 pikselli), Bluetooth, Wi-Fi nuqtasi, ovozli boshqaruv, raqamli panel va ko‘p funksiyali rul mavjud.

Shuningdek, avtomobil orqa kamera, konditsioner va smartfon ulanish funksiyalarini ham taklif etadi.

5 ming dollarlik Chery
Foto: Autohome

Quvvat va batareya

Chery QQ Ice Cream 205 Sundae Edition 41 ot kuchiga ega elektromotor bilan ta’minlangan bo‘lib, 90 N/m aylanish vaqtiga ega. Avtomobilning yangi zaxira masofasi 205 km bo‘lib, bu oldingi modeldan ko‘proq, ammo narxi oshirilmagan.

Zaryadlash vaqti:

  • Tezkor zaryad: 30% dan 80% gacha atigi 33 daqiqa.
  • To‘liq zaryad: taxminan 5 soat.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Geely 5000 dollarlik yangi elektromobil taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Geely kompaniyasi yangi mikro elektromobil – Livan Smurf’ning ilk rasmlarini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Bir dvigatelli ushbu model Wuling Hongguang Mini EV va Chery QQ Icecream kabi mashhur mikro elektromobillarga raqobatchi sifatida chiqarildi.