Aldangan ayol qutqarildi

eʼlon qilindi
Vaziyat yuzasidan mamlakatimiz konsulxonasiga murojaat tushdi

Samarqand viloyatida yashovchi yosh ona Nasiba (shartli ism) xorijda yuqori daromadli ish va’dasiga aldanib, og‘ir vaziyatga tushib qoldi. U oilaviy nizolardan uzoqlashishni istab, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida ko‘rsatgan Istanbulda yashovchi Kemal (shartli ism)ning taklifiga rozi bo‘lgan edi.

Kemal unga til va malaka talab qilinmaydigan, yaxshi maoshli ish va’da qildi. Nasiba ishchi vizasisiz Turkiyaga yetib borgach «saxovatli tadbirkor» yo‘l xarajatlarini qarz sifatida ko‘rsatib, uning pasportini olib qo‘ydi va og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlashga urindi.

Biroq vaziyat yuzasidan mamlakatimiz konsulxonasiga murojaat tushdi. Tezkor choralar ko‘rgan diplomatik vakolatxona hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi yordamida fuqaro sog‘-omon holda O‘zbekistonga qaytarildi.

Shuningdek, fuqaroni aldashga uringan shaxsning harakatlari yuzasidan Turkiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ma’lumot taqdim etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va Yaponiyaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek