Hafta davomida qanday muhim hodisalar yuz berdi

Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida yuz bergan eng muhim hodisa va voqealarni bitta materialga jamladi.
Afg‘oniston va O‘zbekiston $243 millionlik energetika bitimi imzoladi

Afg‘oniston va O‘zbekiston Kobulda qiymati $243 mln bo‘lgan to‘rtta yirik elektr loyihasi bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metrosigacha bo‘lgan yo‘l 13 kunga yopildi
Chilonzor tumanining Farhod ko‘chasi Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar yo‘lning qatnov qismi yopildi.
Rossiyada 2026-yildan xorijlik ishchilar ulushi qisqarishi mumkin
Rossiyada 2026-yildan chet ellik ishchilar ulushi qisqarishi mumkin. Bu haqda mamlakat Mehnat vazirligi taklif bilan chiqmoqda.
Chevrolet Cobalt sotib olish uchun oylik maoshni qancha vaqt jamg‘arish kerak
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,9 mln so‘mni tashkil etmoqda. Chevrolet Cobalt avtomobilining birlamchi bozordagi narxi esa 146,5 mln so‘m. Ushbu maqolada oylik maoshni tejash orqali Chevrolet Cobalt xarid qilish uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi.
Tramp va Zelenskiy Oq uyda uchrashdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Kim Chen In Shimoliy Koreyada yadroviy qurolni tezkor kengaytirishga chaqirdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy arsenalini tezlik bilan kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
O‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarlar asossiz — Sanepidqo‘mita
Qo‘mita so‘nggi yillarda O‘zbekistonda muzqaymoq iste’moli bilan bog‘liq zaharlanish yoki og‘ir salbiy holatlar qayd etilmaganini qayd etdi.
Tramp, Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari uchrashuvida nimalar muhokama qilindi
Bu safargi muloqot fevral oyidagi sovuqroq uchrashuvdan farqli ravishda iliqroq ruhda bo‘lgan bo‘lsa-da, unday katta kelishuvlar sodir bo‘lmadi. Quyida Tramp va Zelenskiy uchrashuvidagi eng ahamiyatli jihatlarni sanab o‘tamiz.
«Bashakshehir» Fayzullayev uchun «SSKA»ga transfer to‘lovini o‘tkazdi
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev rasmiy ravishda Moskvaning «SSKA» klubidan Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» jamoasiga o‘tdi. «SSKA» direktori Kirill Breydo futbolchi transferi uchun to‘lov klub hisobiga tushganini ma’lum qildi.
Putin Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif qildi — OAV
Vladimir Putin Donald Tramp bilan telefon orqali bo‘lgan suhbatda Zelenskiy bilan Moskvada ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.
Yaponiya kompaniyasi Toshkentda yangi aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritadi
Sojitz Corporation prezidenti Kosuke Uemura «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida kompaniya Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritishini ma’lum qildi.
QQSga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi
QQS stavkasi 12 foizga tushirilgani tufayli bu soliq rejimiga o‘tayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Shu sabab QQSga o‘tayotgan korxonalarga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.
Isroil G‘azo shahrida harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qildi

Isroil armiyasi 20-avgust kuni G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operatsiyaning dastlabki bosqichlari boshlanganini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Yangi Chevrolet Onix Hyundai platformasida ishlab chiqiladi
Yangilangan Chevrolet Onix avtomobili keyingi avlodi Janubiy Koreyaning budjet xetchbeki Hyundai HB20 bilan bir xil platformada ishlab chiqiladi. Bu haqda Daily Motor nashri xabar bermoqda.
Chevrolet Equinox 2026 elektromobilining narxlari e’lon qilindi
GM’ning Shimoliy Amerikadagi eng arzon elektromobili hisoblangan Chevrolet Equinox 2026 yangilanishdan so‘ng qimmatroq narxda sotiladi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod sifatida Portugaliya terma jamoasi sobiq ustozi Paulu Bentu koʻrilmoqda.
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi

2025-yilgi «Tashabbusli budjet» dasturining ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni start oldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi
Londonda ro‘yxatga olingan TBC Bank Group O‘zbekistondagi eng yirik onlayn e’lonlar platformasi OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini Prosus kompaniyasidan sotib oldi.
Toshkentda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni $4 mlnga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkentda qurilish obyektlarini loyihalash bilan shug‘ullanuvchi MChJning ofis menejeri va maklerlik bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro tadbirkorni aldagan.
AQSh xorijlik yuk mashinasi haydovchilariga viza berishni vaqtincha to‘xtatdi
Bunga sabab sifatida yo‘l xavfsizligi va amerikalik haydovchilarning ish o‘rinlarini himoya qilish ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati 55 milliondan ortiq vizaga ega xorijliklarni qonunbuzarliklar yuzasidan tekshirayotganini ma’lum qildi.
Batafsil
Xitoy kosmik stansiyasida sun’iy intellekt yordamchisi ishga tushirildi

Xitoyning «Tyan’gun» kosmik stansiyasida Ukun nomli sun’iy intellekt chat-boti ish boshladi. Bu haqda China Daily ma’lum qildi.
Oʻzbek futbol klubi «City Football Group» tizimiga qoʻshilishi mumkin
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Manchester shahrida «City Football Group» va «Manchester Siti» klubi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
«Uzum sayli 2025» qanday boshlandi
22-avgust kuni Toshkent viloyati, Parkent tumanida «Uzum sayli» va xalqaro vinochilik festivali boshlandi. Kursiv Uzbekistan jamoasi festivalning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.
Jizzaxda yangi aerodrom ishga tushdi
Jizzax viloyati Aydarkul bo‘yida joylashgan Arnasoy aerodromi foydalanishga topshirildi. Bu haqda AvroRJ’s SKY ma’lum qildi.