Surxondaryo sabzavot yetishtirish bo‘yicha yetakchiga aylandi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,8 million tonna sabzavot yetishtirildi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida qayd etildi. Bu yerda 719,7 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.
Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati (670,7 ming tonna), uchinchi o‘rinda esa Farg‘ona viloyati (511,8 ming tonna) joy olgan.
Toshkent viloyatida yarim yilda 375 ming tonna, Samarqandda 340,8 ming tonna, Namanganda 297,7 ming tonna sabzavot yetishtirildi.
Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Buxoro – 291,4 ming tonna
- Qashqadaryo – 205 ming tonna
- Xorazm – 126,8 ming tonna
- Sirdaryo – 85,5 ming tonna
- Navoiy – 76,4 ming tonna
- Jizzax – 63,9 ming tonna
- Qoraqalpog‘iston – 59,9 ming tonna
Shu tariqa yarim yillik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati O‘zbekistonda sabzavot yetishtirishda mutlaq yetakchi hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan eksportchi va issiqxonachilar bilan ishlash bo‘yicha shtab tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.