2025-yilda ham dolzarb va ishonchligini yoʻqotmagan beshta smartfon

25-avgust 2025 13:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Bozorda yangidan-yangi modellarning paydo bo‘lishiga qaramay, 2024-yilda taqdim etilgan ayrim smartfonlar 2025-yilda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular arzon, ishonchli va yaxshi texnik imkoniyatlarga ega. Palach nashri 2025-yilda ham dolzarb va ishonchligini yoʻqotmagan beshta smartfon haqida maqola e’lon qildi.

CMF Phone 1

Foto: Digital Trends

Bu model original dizayni bilan ajralib turadi: orqa qopqog‘i vintlar yordamida mahkamlangan bo‘lib, uni osongina almashtirish mumkin. Dimensity 7300 protsessori, 120 Hz AMOLED-ekrani va 50 MP kamerasi bor. Asosiy kamchiligi NFC yo‘qligidadir.

Xiaomi Redmi Note 13 Pro+

Foto: Xiaomi

Mutaxassislar Redmi Note seriyasi avvalgidek emasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, bu model kuchli imkoniyatlarga ega. U 200 MP kamera, 120 Vt tezkor zaryad va tezkor UFS 3.1 xotira bilan jihozlangan.

Xiaomi Poco F6

Foto: Xiaomi

Qurilma Snapdragon 8s Gen 3 protsessori, 1,5K ekran, Sony IMX882 kamerasi va 90 Vt tezkor zaryad bilan e’tiborni tortadi. AMOLED-displey, ekrandagi barmoq izi datchigi va NFC to‘lov moduli ham mavjud.

Honor 200

Foto: TZ

Honor 400’dan ikki baravar arzon bo‘lsa-da, imkoniyatlari deyarli bir xil. Smartfon Snapdragon 7 Gen 3 chipida ishlaydi, 2,5 martalik optik zumga ega teleobyektiv va 100 Vt tezkor zaryad bilan jihozlangan.

OnePlus Nord 4

Foto: TZ

Bu modelning orqa paneli butunlay metall korpusda ishlab chiqilgan. Snapdragon 7+ Gen 3 chipi AnTuTu’da 1 million ball to‘playdi. Shuningdek, 5500 mA·soat batareya, 100 Vt tezkor zaryad va 5 yil davomida Android yangilanishlarini taqdim etadi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, yuqoridagi smartfonlar 2025-yilda ham yaxshi tanlov bo‘lib qolmoqda. Ular qulay narxda kuchli texnik imkoniyatlarni taklif etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 7000 mA·soat batareyaga ega Redmi Note 15 R taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek