
Prezident qaroriga muvofiq, 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr–noyabr oylarida Buxoro shahrida xalqaro zamonaviy san’at biennalesi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Birinchi biennale 2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Tadbir uchun maxsus tashkiliy qo‘mita tuziladi va 14 ta madaniy meros obyekti kreativ klasterga aylantiriladi.
Dastur doirasida ilmiy-ma’rifiy, madaniy-ko‘ngilochar, sayyohlik va gastronomik tadbirlar o‘tkazilib, dunyoga mashhur ijodkorlar, mutaxassislar va oshpazlar ishtirok etadi.
Shuningdek, 30 nafardan ortiq xalqaro ekspert, kurator va san’atshunoslar qatnashadigan akademik simpozium ham bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIDE Grand Swiss shaxmat musobaqasi ilk bor Samarqandda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.