Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Qonun hujjatlariga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra
xayriya, ehson
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi. Foto: UzA

Qonun hujjatlariga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra, homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, davlat organlari mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima qo‘llanadi.

Shuningdek, homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzgan fuqarolar BHMning uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi belgilandi.

Yangi tartibga muvofiq, homiylik xayriyalarini yig‘ish faqat ma’lum homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.

Homiylik tashkilotlari tomonidan xayriyalarni naqd pul shaklida yig‘ish faqat xayriya qutisi orqali bajarilishi mumkin. Shu bilan birga, naqd pul shaklidagi xayriyalarni bank hisobvaraqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazish mumkinligi istisno sifatida belgilangan.

Xayriya qutisi shaffof bo‘lishi shart va uni ochish joyi belgilangan tartibda muhrlangan yoki raqamlangan plomba bilan yopilishi lozim.

Bundan avval mol-mulk shaklidagi xayriyalar dalolatnoma asosida amalga oshirilishi belgilangandi.

Shuningdek