Avto

Hyundai Tucson va Santa Fe 2026 yangilandi: iPhone yoki Apple Watch yordamida ochish mumkin

Ikkala avtomobil ham Digital Key 2 tizimiga ega
Hyundai Santa Fe Tucson
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

Hyundai kompaniyasi 2026-yilgi Hyundai Tucson va Santa Fe modellarini Avstraliya bozori uchun taqdim etdi. Bu haqda 32cars xabar bermoqda.

Endi ikkala avtomobil ham Digital Key 2 tizimiga ega bo‘lib, haydovchilar mashinani iPhone yoki Apple Watch orqali ochib-yopishi mumkin. Hyundai Tucson yangilangan ko‘rinishda Avstraliya bozoriga chiqdi.

Model yangi Ecotronic Grey rangiga ega bo‘lib, disklarning dizayni ham o‘zgartirilgan. Narxlar biroz pasaytirildi: 2.0 MPI dvigatelli bazaviy versiya 38 100 avstraliya dollaridan boshlanadi. Bu avvaliga nisbatan 1-2 ming dollar arzonroq. Gibrid versiya 42,6 ming dollar, premium to‘liq komplektatsiyasi esa $58,1 mingga baholangan.

Santa Fe modeli esa Avstraliya bozorida biroz qimmatlashgan. Narx butun liniyada $400 ga oshdi. Endi minimal narx 53,4 ming avstraliya dollaridan boshlanadi. Eng yuqori komplektatsiya bo‘lgan Calligraphy AWD Hybrid esa $76,9 mingga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yangi Chevrolet Onix Hyundai platformasida ishlab chiqilishi haqida yozgan edi.