
SpaceX rahbari Ilon Mask Starship parvozlari bo‘yicha yangi rejalarini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida ma’lum qilgan edi.
Unga ko‘ra, kompaniya oddiy rejimda kuniga o‘rtacha 10 ta uchirishni amalga oshiradi, ammo maksimal darajada bu ko‘rsatkich 24 martagacha yetishi mumkin.
Maskning aytishicha, kelgusi olti-yetti yil ichida Starship bir sutkada 24 martadan ham ko‘proq uchiriladigan kunlar bo‘lishi mumkin. Buning uchun yer usti tizimlarini rivojlantirish va avtomatlashtirishga katta investitsiyalar kiritilishi zarur.
Ma’lumot uchun, 25-avgust kuni Starship’ning yubiley – o‘ninchi parvozi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask yangi siyosiy partiya tuzish rejasini vaqtincha to‘xtatgan edi.