Yangiliklar

Isroil Yaman poytaxti Sanoga hujum qildi: 6 kishi halok bo‘ldi

86 kishi jarohatlandi
Isroil Yaman poytaxti Sanoga hujum qildi: 6 kishi halok bo‘ldi / Foto: Reuters

24-avgust kuni Isroil Yaman poytaxti Sanoga havo zarbalari uyushtirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu hujumlar husiylar tomonidan Isroilga qarata otilgan raketalarga javoban amalga oshirildi. Husi rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, zarbalarda 6 kishi halok bo‘lib, 86 kishi jarohatlangan.

Foto: Reuters

Isroil armiyasi hujumlar prezident saroyi joylashgan harbiy majmua, elektr stansiyalari va yoqilg‘i omboriga qaratilganini bildirdi. So‘nggi bir yildan buyon Isroil va husiylar o‘rtasida G‘azodagi urush bilan bog‘liq qarshi hujumlar davom etmoqda.

Husiylar G‘azodagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini ta’kidlab, Isroilga qarshi hujumlarni to‘xtatmasliklarini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo shahrida harbiy operatsiya boshlagan edi.