Avto

Jetour X70 PLUS 2026 rasman taqdim etildi

Avtomobil besh xil komplektatsiyada taqdim etiladi
Jetour X70 PLUS 2026
Jetour X70 PLUS 2026 rasman taqdim etildi / Foto: Jetour

Xitoyning Jetour brendi yangi o‘rta sinf krossoveri Jetour X70 PLUS 2026 modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, avtomobil besh xil komplektatsiyada taqdim etilgan bo‘lib, rasmiy narxi 113,900 – 133,900 yuan ($15800-18600) atrofida

Dizayn va tashqi ko‘rinish

Jetour X70 PLUS o‘zining uslubiy dizayni bilan ajralib turadi. Harf-string uslubidagi vertikal radiator panjarasi, 118 ta yuqori yorug‘likli LED-dan tashkil topgan kunduzgi chiroqlar, shuningdek, orqa spoiler va sport uslubidagi diffuzor avtomobilga agressiv ko‘rinish beradi. 19 dyuymli disklar barcha versiyalarda standart tarzda taqdim etiladi.

Foto: ITHome

Salon va funksiyalar

Avtomobil 5 va 7 o‘rinli variantlarda sotuvga chiqarilgan. Salon 12,3 dyuymli ikki ekran, 9 dyuymli iqlim nazorati paneli, kristall shaklidagi uzatmalar tutqichi va 50 Vt simsiz tezkor quvvatlash funksiyasi bilan jihozlangan. Ikkinchi qatordagi o‘rindiqlar 25 – 41° gacha sozlanadi va markaziy tirsak suyanchiqqa ega. Bundan tashqari, avtomobil ichida 33 ta turli saqlash joyi mavjud.

Dvigatel va texnologiyalar

Mashina to‘rtinchi avlod Kunpeng 1.5TGDI dvigateli va 7DCT robot uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Uning quvvati 135 kVt (183 ot kuchi) va maksimal aylanish momenti 290 Nmni tashkil etadi.

Jetour X70 PLUS xavfsizlik va qulaylikni ham e’tibordan chetda qoldirmagan:

  • 2-darajali avtopilot yordamchilari;
  • 360° panoramali tasvir va 180° shaffof shassi kabi funksiyalar bilan taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jetour Shanhai L7 Plus arzon narxda sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edi.