Prezident davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan
                    
                            
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan respublikadagi davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini medal, orden va faxriy unvon bilan taqdirladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mukofotlanganlar orasida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Xidoyatov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Saidov bor.
Batafsil ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir guruh harbiy va huquq-tartibot xodimlari mukofotlangani haqida yozgandi.
