Mustaqillik bayramiga arzon narxlardagi mahsulotlar yarmarkalari ochildi
eʼlon qilindi
Go‘sht narxi 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha

Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami munosabati bilan arzon narxlardagi mahsulotlar yarmarkalari ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, unda go‘sht narxi 65 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha bo‘lib, maxsus rastalarda aholiga go‘sht, sabzavot, meva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari taklif etilmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda Belarus, Pokiston, Mongoliya va Hindistondan keltirilgan go‘sht ham sotuvga qo‘yilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mustaqillik bayrami arafasida teatrlarda «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.
Ushbu tadbir doirasida poytaxt va viloyatlardagi teatrlarda turli spektakl va konsert dasturlari tomoshabinlarga bepul namoyish etiladi.