
Maktablarda 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari 2-sentabr seshanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida «Kelajak soati» darslari o’tkaziladi.
Shu bilan birga, birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» topshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 3-sentabrdan – akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqich talabalari uchun darslar start olishi haqida yozgandi.