O‘zbekiston va Qozog‘iston Orolbo‘yi aholisi salomatligi uchun qo‘shma dasturlarni amalga oshiradi

eʼlon qilindi
Nukusda diagnostik laboratoriyalar tarmog‘i yaratilishi mumkin
O‘zbekiston va Qozog‘iston Orolbo‘yi aholisi salomatligi uchun qo‘shma dasturlarni amalga oshiradi / Foto: Uzsuv

O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Muloqotda Orolbo‘yi aholisi salomatligiga ta’sir etuvchi ekologik omillarni kamaytirishga qaratilgan qo‘shma dasturlar muhokama qilindi.

2026-yil aprel oyida Ostonada mintaqaviy ekologik sammit o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda yangi loyihalar boshlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar Nukusda diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. Shuningdek, sanitariya-epidemiologiya sohasidagi yangilangan bitimni tezkor kelishish va imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Britaniya strategik kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek