
O‘zbekiston hududida 25–29-avgust kunlari yozning eng issiq kunlari kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 25-avgustdan boshlab harorat ko‘tarilib, hafta davomida 36–39 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy va cho‘l hududlarda esa 40 darajagacha yetishi mumkin.
Respublika bo‘ylab ob-havo asosan ochiq va quruq bo‘ladi. Biroq shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 13–18 m/s tezlikda esishi, ba’zi joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Poytaxt Toshkentda ham havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan esib, 3–8 m/s tezlikda harakatlanadi. Kunduzgi harorat 36–39 daraja issiqqa chiqsa, kechalari 21–24 daraja atrofida bo‘ladi.