
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan poytaxt uchun belgilangan issiqlik ta’minotining yangi narxlarini tasdiqladi. Bu haqda kengash qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, narxlar quyidagicha belgilandi:
- bazaviy tarif (QQSsiz) 711 641 so‘m/Gkal;
- aholi uchun (QQSsiz) 139 860 so‘m/Gkal;
- budjet tashkilotlariga 952 797 so‘m/Gkal;
- boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (QQSsiz) 342 296 so‘m/Gkal.
Ayni paytda aholi uchun 1 Gkal issiqlik narxi qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQSsiz) 121 ming 617 so‘mni tashkil etadi.
Bundan oldin, 1-oktabridan boshlab poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15 foizga oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-sentabrdan Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari tarifi oshishi haqida ham yozgandi.