Yangiliklar

Prezident Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Unga ziyoratda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov hamroh bo‘ldi
Prezident Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

44 gektarga kengaytirilgan majmuada mo‘tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid, ma’muriyat binosi va 75 metrlik minoralar barpo etilgan. Hozirda peshtoqlarga va ayvonlarga «Sahihi Buxoriy»dan hadislar bitilmoqda.

Foto: President.uz

Prezident mazkur maskan nafaqat ziyoratgoh, balki ilm-ma’rifat va tarbiya o‘chog‘i bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda Imom Buxoriy hayoti va merosini yorituvchi innovatsion muzey tashkil etilmoqda.

Foto: President.uz

Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, rahbar sifat va qulayliklarga alohida e’tibor qaratishni topshirdi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlagan edi.