25-avgustdagi Samarqand – Sankt-Peterburg reysi vaqti o‘zgardi

eʼlon qilindi
Faqat 25-avgust kuni
Uzbekistan Airways
Samarqand – Sankt-Peterburg – Urganch reysi jadvali yangilandi. Foto: Aviakompaniya matbuot xizmati

Uzbekistan Airways 25-avgust kungi Samarqand – Sankt-Peterburg va Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnovlar jadvali o‘zgarganini ma’lum qildi.

Mazkur reys vaqti o‘zgarishiga havo kemasining kechikib kelishi sabab bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, HY9639 reysi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Samarqanddan jo‘nab ketish: 19:15;
  • Sankt-Peterburgga yetib borish: 22:25.

HY9638 reysi:

  • Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish: 23:30;
  • Urganchga yetib kelish: 05:30 (keyingi kun).

Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Bundan avval «Aeroflot» sentabr oyidan O‘zbekistonga parvozlarni tiklashi haqida yozgandik.

Rossiyaning yirik aviakompaniyasi «Aeroflot» 14-sentabrdan boshlab Moskva va Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonning bir necha shaharlariga muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. 

Shuningdek